Qashqadaryo Press
Vohaning yangiliklar sayti
Tesla’da maoshsiz ishlab kelayotgan Ilon Mask undan ilk bor mukofot oldi

Ilon Mask o‘zi bosh direktor sifatida yuritayotgan Tesla kompaniyasida umuman maosh olmasdan ishlab keladi. Kompaniya unga ilk marotaba mukofot puli berdi, deb yozmoqda Sof.uz.

Mukofot puli ham yaxshigina – 775 million dollarni tashkil etadi.

Ilon Maskning birinchi transhi Tesla’ning 1,7 million dollarlik aksiyalari hisoblanadi. Aksiyalar 805,81 dollardan, opsion qiymati esa 350,02 dollardan baholangan.

Maskning Tesla kompaniyasidagi kompensatsiya paketi 12 ta transhni o‘z ichiga oladi. Ularning umumiy qiymati kompaniya kapitallashuviga qarab 55 milliard dollarga baholangan.

Bosh direktor Tesla’dan maosh olmaydi, kompaniya kapitallashuvi o‘sganida u ma’lum qiymadagi transh oladi.

terabayt.uz

You might also like

Leave A Reply

Your email address will not be published.